Kontent qismiga oʻtish

Mixail Kutuzov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mixail Illarionovich Kutuzov (Toleʼnishchev — Kutuzov) (1745.5.9, Peterburg — 1813.16.4, Bunslau) — general-feldmarshal, rus sarkardasi. A. V. Suvorovning shogirdi. 1784-yil dan general-mayor. 1785-yilda Bug yeger korpusini tuzib, 1787—89 yillardagi rus-turk urushida qatnashgan. 1790-yilda turklarning Izmail qalʼasini shturm qilishda ishtirok etib, A. V. Suvorovning aloqida tahsiniga sazovor boʻlgan.

1801—02 yillarda Peterburgning harbiy gubernatori. 1805-yilda Avstriyadagi rus qoʻshinlaridan biriga qoʻmondon qilib tayinlangan. Austerlits jangi (1805) dan soʻng podsho Kutuzovga adovat bilan qarab, uni qoʻmondonlikdan chetlashtirib, Kiyev harbiy gubernatori qilib tayinlagan (1806). Napoleon bilan urush xavfi yaqinlashgach hamda choʻzilib ketgan rus-turk urushini yakunlash maqsadida Aleksandr I Kutuzovni Moldaviyadagi rus armiyasi bosh qoʻmondoni etib tayinlashga majbur boʻlgan (1811-yil 7-mart). Bosh qoʻmondon sifatida 1811-yil 22-iyun Rushchuk jangida turklarga zarba berib, Turkiya bilan Rossiya oʻrtasida Buharest sulhi (1812) ni Rossiya foydasiga imzolashga erishdi. 8-avgust Napoleon Bovapart qoʻshinlariga qarshi kurashayotgan rus armiyasiga bosh qoʻmondon etib tayinlangan. Borodino jangida Vapoleon armiyasiga qarshi mohirona jang qilgan. Fransuz qoʻshinlariga bir qancha janglarda (Tarutino, Maloyaroslavets, Vyazma, Berezina daryosi boʻyida va boshqalar) jiddiy zarbalar bergan, natijada Vapoleon qolgan-qutgan qoʻshini bilan Rossiyani tark etishga majbur boʻlgan. 1813-yil yanvarda Kutuzov armiyasi Gʻarbiy Yevropa hududiga kirgan. Kutuzov sarkardalik salohiyati va harbiy layoqati evaziga graf hamda Smolensk knyazi unvoniga sazovor boʻlgan. Polshaning Bunslau (qoz. Boleslavets) shaharchasida vafot etgan, Peterburgdagi Qozon soboriga dafn etilgan.

  • Bryagin M. G., Kutuzov [izd. 3-ye], M., 1970.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil